22 mar 09:05
Yangiliklar
Boshqalar
Polochilar "Toshkent viloyati hokimi kubogi" musobaqasida bellashishdi
Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimizda ommaviy sayllar qatorida turli sport tadbirlarini o'tkazish ham anana tusini olgan.
Jumladan, Toshkent viloyatida Navro'zi olam bayramiga bag'ishlab sportning polo turi bo'yicha "Toshkent viloyati hokimi kubogi-2022" turniri bo'lib o'tdi.
O'zbekiston polo federaciyasining malum qilishicha, musobaqada "Qorabayir milliy brendi", Qashqadaryo viloyatining "Temir yo'llari" va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahri va viloyati Bosh boshqarmalari jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa davraviy tizimda o'tib, jamoalar bir-biri bilan o'zaro kuch sinashdi.
Qizg'in va o'ta murosasiz kurashlarga boy tarzda kechgan musobaqa yakuniy natijalariga ko'ra, 1-o'rinni O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi jamoasi qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar