So’nggi yangiliklar

17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0

04 jan 08:04
Yangiliklar

SHaxmat

Polshalik grossmeyster Yan Duda Samarqanddagi JCH doirasidagi o'yin paytida rossiyalik raqibiga qo'l uzatishni istamadi + VIDEO

Xabaringiz bor, 25-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida (O'zbekiston) shaxmat bo'yicha FIDE rapid va blic yo'nalishlarida Jahon chempionati o'tkazildi.

Ushbu musobaqaning rapid yo'nalishida o'tkazilgan polshalik Yan-Kshishtof Duda hamda FIDE bayrog'i ostida ishtirok etgan rossiyalik Denis Xismatullin bahsida noodatiy voqelik yuz berdi.

Yani, partiya avvalida rossiyalik grossmeyster Denis Xismatullin raqibiga qo'l uzatdi. Duda esa unga qo'l uzatishni istamadi. Qizig'i, bu holatda rus sportchisi etika qo'mitasiga hech qanday etiroz bilan murojaat qilmadi.

Reglamentga ko'ra, FIDEda qo'l berib ko'rishish shaxmatchilar uchun tartibga solingan marosim emas va buni rad etish shaxmatchilarga sankciya qo'llash uchun asos bo'lmaydi. Ammo bunday holatda FIDE Etika qo'mitasiga shikoyat qilingan taqdirda, shaxmatchiga jazo qo'llanadi.

FIDE Duda-Xismatullin vaziyatini quyidagicha izohladi:

"Qo'lini uzatishdan bosh tortgan raqib ishi Etika qo'mitasiga murojaat qilinganidagina qanoatlantirilishi mumkin. Duda va Xismatullin bilan bog'liq vaziyatda esa bunday bayonot keltirilmagan", - deyiladi FIDE vakilining izohida.

Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin durang bilan yakunlangan edi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing