01 iyu 16:02
Yangiliklar
Polvonlarimiz Ashxobodda 32 ta medalga ega bo'ldilar
Kelasi yil Turkmaniston poytaxtida tashkil etiladigan Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari oldidan ko'rik vazifasini o'tab bergan turnirda qitamizning 16 davlatidan polvonlar gilamga chiqdi.
Bellashuvlar to'rt yo'nalishda to'rt kun davom etdi. Ishtirokchilar belbog'li kurashimizning klassik va erkin (bunda oyoqan chalish bor) yo'nalishi hamda turkman kurashining erkin va klassik yo'nalishi bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.
Musobaqada terma jamoamizning 13 erkak va 5 nafar ayol sportchilari ishtirok etishdi va ular 4 ta oltin, 5 ta kumush va 23 ta bronza medali bilan mezbonlardan so'ng umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etdilar. Kuchli uchlikdan esa qirg'izistonlik sportchilar o'rin olishdi.
Fikrlar