08 dek 10:50
Yangiliklar
Polvonlarimiz noolimpiya vazn toifalaridagi jahon chempionatida qatnashadi
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Birlashgan sport kurashlari associaciyasi (UWW) Rio-2016 Olimpiadasining har bir yo'nalishida mavjud 8ta vazn toifasidan 2tasini kiritmagan edi.
Aynan mana shu vaznlarda jahon chempionati tashkil etiladi. Yilning so'nggi nufuzli musobaqasida erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi polvonlari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.
Erkin kurashning 61 kg vazn toifasida 2016-yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempioni Temurjon Usmonoxunov, 70 kg vaznda esa 2013-yilgi jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi Rashid Qurbonov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Yunon-rum kurashi bahslarida esa bu yilgi O'zbekiston Kubogi g'olibi Fazliddin Namozov (71 kg) hamda 2015-yilgi Osiyo chempionati sovrindori Jonibek Otabekov gilamga chiqadi.
Fikrlar