25 avg 10:23
Yangiliklar

Pore Fergyusonga qarshi jangi Xabib - Getji oqshomida bo'lishiga shama qildi + FOTO
Aynan shu kuni butun MMA olami orziqib kutayotgan UFC 254 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangida engil vazn UFC chempioni Xabib Nurmagomedov vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Pore "Tvitter"da savol tariqasida shu so'zlarni yozib qoldirdi: "2 oy?".
Bu bilan Dastin roppa-rosa ikki oydan so'ng o'tkaziladigan UFC 254 turniriga shama qilgan. SHu bilan birga ijtimoiy tarmoqda ElDiamante xeshtegini belgilagan. Bu bilan u navbatdagi jangi Toni Fergyusonga qarshi o'tkazilishini ham yashirincha anons qilib ketgan.
Eslatib o'tamiz, ikki kun avval UFC prezidenti Dena Uayt Porening keyingi jangi Toni Fergyusonga qarshi bo'lib o'tishini aytgan edi.
Fikrlar