19 jan 17:56
Yangiliklar

Pore nima sababdan Konorni UFC tarixidagi eng kuchli jangchilardan biri deb hisoblashini aytdi
Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore nima sababdan irlandiyalik jangchi Konor Makgregorni UFC tarixidagi eng kuchli jangchilardan biri deb hisoblashi haqida gapirdi.
"Tayming, zarbaning kuchi va aniqligi jihatidan u UFC tarixidagi eng kuchli jangchilardan biri. Konor raqiblarini ko'pincha nokaut qilishi, bu u yomon kurashchi degani emas. Ha, uni ham sabmishn bilan mag'lub qilishgan, meni ham. Ammo, men Konorni ham kuchli grepler deb bilaman", -dedi Porie.
Eslatib o'tamiz, 23 yanvar kuni Makgregor va Pore o'zaro revansh jangini o'tkazishadi. 2014 yilda o'tkazilgan birinchi jangda Konor birinchi raundda g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar