So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

15 okt 18:51
Yangiliklar

Dzyudo

Poytaxtimiz mezbonligida o'tadigan Harbiylar o'rtasidagi 42-Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Ertaga poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida Harbiylar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi.

Biroz avval ushbu nufuzli musobaqaga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

Unda Xalqaro sport Kengashi (CISM) Sport direktori Yan Van den Dul, CISM azosi general mayor Oleg Botsman, CISM Dzyudo bo'yicha sport komissiyasi prezidenti general Farshad Najafipur, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi o'rinbosari Alisher Narbaev, federaciya bosh kotibi Aziz Sobirov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.  

Malumki, Xalqaro sport Kengashi (CISM) muntazam ravishda bir nechta sport turi bo'yicha turli darajadagi musobaqalar, xususan jahon chempionatlarini o'tkazib kelyapti. Jumladan, tashkilot tomonidan shu kungacha dzyudo bo'yicha 41 ta jahon chempionati tashkil etilgan. 

2021 yil Franciya, o'tgan yili esa Dominikan Respublikasi dunyo birinchiligiga mezbonlik qildi. Toshkent shahri mezbonligida o'tkaziladigan jahon chempionaida sayyoramizning 5 qitasi 30 dan ortiq mamlakatida kelgan 400 nafarga yaqin harbiy dzyudochilar etib keldi.  

Spikerlar o'z yo'nalishlarida jahon chempionatiga olib borilgan tayyorgarliklar bo'yicha atroflicha malumot berishdi. Reja bo'yicha 16-17 oktyabr kunlari yakkalik musobaqasida jahon chempionati g'olib va sovrindorlari aniqlanadi. 18 oktyabrda aralash jamoaviy bahslar tashkil etiladi hamda shu kunning o'zida jahon chempionatining tantanali yopilish marosimi o'tkaziladi. Yakkalik bahslarida jami 18 nafar dzyudochimiz jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi.     

Malumot uchun, o'tgan yili 24 iyul - 1 avgust kunlari Dominikan Respublikasining Santo-Domingo shahrida o'tgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida kuchli to'rtlikdan joy olgandi. O'shanda dzyudochilarimizdan Muso Sobirov (-81 kg) va Muhammadkarim Hurramov (+100 kg) chempionlik shohsupasiga ko'tarilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing