04 okt 12:15
Yangiliklar
Poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi
SHu kunlari muhtasham “O'zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo'yicha Gran-Pri musobaqasi bo'lib o'tadi. Mana bir necha yildirki, yurtimiz aynan kuz oylarida ushbu Gran-Pri turniriga mezbonlik qilib kelyapti. Sovrin jamg'armasi 100 000 dollarni tashkil etuvchi musobaqada dunyoning 30dan ziyod davlatidan sara polvonlarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Terma jamoamiz azolari ham to'liq tarkibda Toshkent
Gran-Prisida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. Musobaqa reglamentiga ko'ra
mezbon davlat har bir vazn toifasida to'rt nafar sportchi bilan qatnashishi mumkin.
Musobaqada yurtimiz sport sharafini SHarofiddin
Lutfullaev, Yahyo Imomov, SHahzod Sobirov, G'iyosjon Boboev, Diyorbek O'rozboev,
SHerali Jo'raev kabi ko'zga ko'ringan sportchilarimiz himoya qilishadi. Ertaga,
5 oktyabr kuni Toshkent Gran-Prisiga qura tashlash marosimi hamda matbuot
anjumani o'tkaziladi. 6-8 oktyabr kunlari esa belgilangan vazn toifalarida g'olib
va sovrindorlar aniqlanadi.
Fikrlar