14 fev 17:29
Yangiliklar
O'q otish
Poytaxtimizda o'q otish bo'yicha Xalqaro hakamlik kurslari bo'lib o'tmoqda
Toshkent shahrida o'q otish sporti bo'yicha Xalqaro hakamlik kurslari boshlandi.
Kurslar Xalqaro o'q otish sporti federaciyasi (ISSF) dasturiga binoan, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi hamkorligida poytaxtimizdagi "Vatanparvar" tashkiloti bazasida o'tkazilmoqda. Unda O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistondan tashrif buyurgan hakamlar ishtirok etishmoqda.
Kurslar ISSF katta eksperti, rossiyalik hakam Anatoliy Aktov tomonidan rus tilida olib borilmoqda. Umumiy hisobda darslarda 30 nafar mutaxassis qatnashmoqda. ISSFning xalqaro hakamlik kurslari qoidalariga ko'ra, ishtirokchilarga Xalqaro toifadagi hakam licenziyasi beriladi.
Kurslar 17 fevralga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar