19 apr 17:09
Yangiliklar
Poytaxtimizda "Sohibqiron kubogi" xalqaro shaxmat turniri bo'lib o'tmoqda FOTOGALEREYA
Turnir shveycarcha tizim bo'yicha o'tkazilmoqda. Reyting natijalariga qarab, “A” va “B” guruhlariga bo'lingan ishtirokchilar 9 ta turda o'z mahoratlarini namoyon etadilar.
7-tur nihoyasiga etgach, shaxmatchilarning guruhdagi vaziyatlari aniq bo'lib qoldi. 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'ara olgan Alisher Suleymenov (Qozog'iston) “A” guruhida peshqadam bo'lib turibdi. Peshqadamdan so'ng, biryo'la 8 ishtirokchi 5 tadan ochko to'plagan.
“B” guruhida Jo'rabek Ibodullaev va Marsel SHoyusupov 6,5 tadan ochko bilan guruhda etakchilik qilmoqda. Guruhda 6 nafar shaxmatchi bir xil - 5,5 tadan ochko jamg'arib keyingi pog'onalarni egallab turibdi.
Musobaqaning g'olib va sovrindorlari 20 aprel kuni malum bo'ladi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar