So’nggi yangiliklar

10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0 10:02Рамазон Темиров ва Богдан Гусков иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Богдан Гусков ва Магомед Анкалаев иштирокидаги очиқ машғулот olamsport.com фотосуратчиси нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 08:58Суперлига. Бугун 13-тур якунланади 0 08:20Майкл Пейж: "UFC менга топ-10 даги рақиблар билан жанг бермаётгани — ақлга сиғмайди" 0 19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0

03 fev 12:24
Yangiliklar

SHaxmat

Poytaxtimizda yana bir nufuzli xalqaro shaxmat turniri start olmoqda

3-12 fevral kunlari Toshkent shahri "Al-Beruniy" nomidagi II Xalqaro shaxmat turniriga mezbonlik qiladi.

Umumiy mukofot jamg'armasi 68 700 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa uch guruhda o'tkaziladi. "Masters" guruhida reytingi 2600 va undan yuqori bo'lgan 6 nafar xorijlik shaxmatchining ishtirok etishiga ruxsat berilgan. "CHellenjer" guruhida reytingi 2500, "Fyuchers" guruhida esa reytingi 2400 va undan yuqori 6 nafar xorijlik shaxmatchi qatnashadi.

Musobaqa 9 raundli aylanma tizimda o'tkaziladi. Har bir ishtirokchiga 90 daqiqa vaqt ajratilib, birinchi yurishdan boshlab har bir yurishga 30 soniyali qo'shimcha vaqt qo'shiladi. SHaxmatchilar 30-yurishgacha durang taklif qilishlari mumkin emas.

Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida FIDE bayrog'i ostida qatnashadigan rossiyaliklardan Vladislav Artemev, rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Volodar Murzin, armanistonliklar Xayk Martirosyan, SHant Sargsyan singari taniqli grossmeysterlar bor. Bu guruhda yurtimiz sharafini yosh grossmeysterlarimizdan Abdumalik Abdusalimov, Muhiddin Madaminov, Ortiq Nig'matov hamda yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing