So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

25 iyu 16:05
Yangiliklar

Boshqalar

Poytaxtlik yosh kriketchilarda g'alaba shukuhi + FOTO

22-24 iyun kunlari poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “O'zbekiston” sport majmuasi hududidagi stadionda o'smirlardan tarkib topgan Toshkentning “Eagles” hamda Buxoroning “Defenders” jamoalari o'rtasida kriket bo'yicha bellashuv tashkil etildi.

Uch kun davomida ikki bo'limdan iborat bo'lgan shiddatli o'yinlarning yakuniy natijalariga ko'ra Toshkent shahrining “Eagles” jamoasi raqiblarini 127:125 natijasiga ko'ra ortda qoldirib, g'oliblikni tantana qilishdi.

Asli vatani Angliya bo'lgan va millionlab ashaddiy muxlislariga ega hisoblangan kriket sport turi yoshlarimizning sevimli sport turiga aylanib borayotganini birgina ushbu ikkita jamoa o'rtasidagi o'yin jarayonlaridan ham sezish mumkin edi.

Boisi, jamoalardagi har bir ishtirokchilarning zo'r qiziqish va ishtiyoq bilan o'yinga berilib ketishi, ochko olishga erishsa quvonchdan bir-birini qutlashi, aksincha esa yanayam shiddat bilan o'yinga kirishishi yoshlarni kriketga oshno bo'lganidan dalolat edi.      

O'yin yakuniga etgach, taqdirlash marosimida O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev ishtirok etib, g'olib jamoaga diplom va kubok topshirgan bo'lsa, “ANFA PHARMACEUTICALS” kompaniyasi tomonidan ham ushbu jamoaga homiylik sifatida 2 million so'm pul mukofoti taqdim etildi.

SHuningdek, turli nominaciyalar bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi. “Eng yaxshi o'yinchi” nominaciyasini Jamshid Mamarasulov qo'lga kiritgan bo'lsa, “Eng yaxshi bouler (to'p otuvchi)” nominaciyasiga Jasur Eshmamatov, “Eng yaxshi betsmen (himoyachi)” nominaciyaga G'olib To'ychiev ega bo'ldi.        

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing