So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

06 mar 09:09
Yangiliklar

SHaxmat

Prague Masters. Abdusattorov yaqin taqibchisini mag'lub etdi va yana peshqadamga aylandi

CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turnirida sakkizinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida bahs olib bormoqda va bu borada Abdusattorovning chempionlik imkoniyati ancha yuqori bo'lib oldi.   

Quvonarlisi, sakkizinchi turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda o'ynadi va eng yaqin taqibchisi chexiyalik David Navarani chiroyli usulda mag'lubiyatga uchratdi. Bahs oldidan har ikki shaxmatchi 4,5 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi va uchinchi o'rinlarni band etib turgandi. Uchrashuv durangga qarab ketayotgan bir paytda mezbon shaxmatchi blander, yani qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va bundan Nodirbek ustalik bilan foydalanib ketdi.  

Abdusattorov o'ta muhim g'alabasi evaziga 5,5 ochko bilan yana musobaqa peshqadamiga aylanib oldi. Bunga shu kungacha karvonboshi bo'lib kelgan niderlandiyalik Yorden van Forestning oq donalarda o'ynashiga qaramay, kutilmaganda hindistonlik Aravindh CHitambaramga yutqazib qo'ygani sabab bo'ldi. 

Bu turda Nodirbek Yakubboev oq donalarda eoronlik Parham Maqsudlu bilan durangga imzo chekdi. Sakkiinchi turdan so'ng Yorden van Forest 5 ochko ikkinchi o'ringa tushdi. Bugun o'tkaziladigan so'nggi 9-turda Abdusattorovni durang natija ham chempionga aylantiradi. U bugun oq donalarda amerikalik Hans Mok Niemannga qarshi bahs olib boradi. Yakubboev qora donalarda germaniyalik Vinsent Keymer bilan hisob-kitob qiladi. Uch yarim ochkoga ega Yakubboev turnir jadvalida 7-o'ringa ko'tarildi. CHempionlikdan umidini uzmagan Yorden van Forest qora donalarda Parham Maqsudlu bilan o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing