So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

03 mar 14:50
Yangiliklar

SHaxmat

Prague Masters. Bugun CHexiyada "Nodirbeklar derbisi" bo'lib o'tadi

CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turnirida bir kunlik tanaffusdan so'ng oltinchi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida bahs olib bormoqda.  

Qizig'i shundaki, bugun oltinchi turda ular o'zaro to'qnash kelishadi. Yakubboev oq donalarda harakat qiladi. O'zaro uchrashuvlarda Nodirbek Yakubboev yaxshiroq natijaga ega bo'lib turibdi. U 4 ta partiyada g'alaba qozonib, 10 tasida durang qayd etgan. Abdusattorov esa Yakubboevni 2 ta uchrashuvda taslim eta olgan. Bugun ularning 17-uchrashuvi bo'lib o'tadi.  

Beshinchi turda grossmeysterlarimiz turlicha natija qayd etishgandi. Abdusattorov oq donalarda hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuni yana bir bor mag'lub etishni uddalagan bo'lsa. Yakubboev aksincha, qora donalarda chexiyalik David Navaraga yutqazib qo'ygandi. 

Bugungi tur oldidan Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. CHexiyalik David Navara hisobida ham 3,5 ochko bor. Yakubboev esa 2 ochko bilan ettinchi pog'onadan joy olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing