So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

04 mar 10:46
Yangiliklar

SHaxmat

Prague Masters. CHexiyada "Nodirbeklar derbisi" bo'lib o'tdi. Bugun Abdusattorovni chempionlik matchi kutmoqda

CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turnirida bir kunlik tanaffusdan so'ng oltinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida bahs olib bormoqda va bu borada Abdusattorovning imkoniyati yuqoriroq bo'lib turibdi.   

Qizig'i shundaki, oltinchi turda ular o'zaro to'qnash kelishdi. Oq donalarda harakat qilgan Yakubboev durang natija qayd eta oldi. O'zaro uchrashuvlarda aynan Nodirbek Yakubboev yaxshiroq natijaga ega bo'lib turgandi. U 4 ta partiyada g'alaba qozonib, 10 tasida durang qayd etgandi. Kecha 11-murosaga kelindi. Abdusattorov esa Yakubboevni 2 ta uchrashuvda taslim eta olgan. Kecha ularning 18-uchrashuvi bo'lib o'tdi.  

Bugungi tur oldidan Nodirbek Abdusattorov 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra hamon ikkinchi o'rinni egallab turibdi. CHexiyalik David Navara hisobida ham 4 ochko bor. Yakubboev esa 2,5 ochko bilan ettinchi o'rindan sakkizinchi pog'onaga tushdi. Bu turda chexiyalik David Navara bilan durang o'ynagan niderlandiyalik Yorden van Forest yakka peshqadamligini saqlab qoldi. Uning hisobida 4,5 ochko bor. 

Etiborlisi, bugun 7-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda van Forestga qarshi bahs olib boradi. Agar g'alaba qozonsa, birinchi o'ringa ko'tarilib olish barobarida chempionlik sari katta qadam tashlaydi. Yakubboev esa bugun 7-turda hindistonlik Aravindh CHitambaramga qarshi qora donalarda harakat qiladi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing