02 mar 13:29
Yangiliklar
Prague Masters. Murosasiz tur. Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Gukeshni taslim etdi
Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida odimlamoqda.

Kecha o'tkazilgan beshinchi turda grossmeysterlarimiz bitta g'alaba va mag'lubiyat qayd etishdi. Abdusattorov oq donalarda hindistonlik jahon chempioni Gukesh Dommaradjuni yana bir bor mag'lub etishni uddaladi. Nodirbek Yakubboev esa aksincha, qora donalarda chexiyalik David Navaraga yutqazib qo'ydi.

Bu turda niderlandiyalik Yorden van Forest amerikalik Hans Mok Niemanndan ustun kelib, ochkolarini to'rttaga etkazib olgan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda. Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. CHexiyalik David Navara hisobida ham 3,5 ochko bor. Yakubboev 2 ochko bilan ettinchi pog'onaga tushib ketdi.

Prague Masters 6-turida hindistonlik Aravindh CHitambaram ispaniyalik Devid Antonga, germaniyalik Vinsent Keymer eronlik Parham Maqsudluga yutqazib qo'ydi. Bu turda bironta ham durang qayd etilmadi.

Fikrlar