So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

01 mar 08:01
Yangiliklar

SHaxmat

Prague Masters. Nodirbeklar 4-turda qanday natija qayd etishdi? Bugun Abdusattorov - Gukesh "jangi" bo'ladi

CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turnirida to'rtinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida odimlamoqda.

Kecha o'tkazilgan to'rtinchi turda grossmeysterlarimiz bitta durang va mag'lubiyat qayd etishdi. Abdusattorov qora donalarda ispaniyalik Devid Anton bilan murosaga keldi. Yakubboev esa oq donalarda o'ynab, reytingda o'zidan yuqorida borayotgan niderlandiyalik Yorden van Forestga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Yakubboevning bu mag'lubiyati Abdusattorovni peshqadamlikdan tushirdi. Ochkolarini uchtaga etkazib olgan van Forest sof birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. CHexiyalik David Navara hisobida ham 2,5 ochko bor. Yakubboev 2 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda.   

Prague Masters 4-turida amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradju oq donalarda David Navara bilan durangga imzo chekdi. Hindistonlik Aravindh CHitambaram germaniyalik Vinsent Keymerga yutqazib qo'ydi. Eronlik Parham Maqsudlu AQSH vakili Hans Moks Niemann bilan durangga rozi bo'ldi.

Bugun o'tkaziladigan beshinchi turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda jahon chempioni Gukesh Dommaradju bilan hisob-kitob qiladi. Nodirbek Yakubboev esa qora donalarda David Navara sinovidan o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing