26 fev 07:48
Yangiliklar
Prague Masters. Nodirbeklar g'alaba bilan boshladi. Amaldagi toj sohibi Gukesh ochko yo'qotdi
Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi.

Quvonarlisi, har ikki Nodirbek ham 1-turni g'alaba bilan boshlab oldi. Abdusattorov hindistonlik Aravindh CHitambaramni, Yakubboev esa ispaniyalik grossmeyster Devid Antonni oq donalarda mag'lubiyatga uchratdi. Aamaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju 1-turda ochko yo'qotdi. Hindistonlik toj sohibi oq donalarda o'ynaganiga qaramay, amerikalik Hans Niemann bilan durangga rozi bo'ldi.

Prague Masters 1-turida germaniyalik Vinsent Keymer niderlandiyalik Yorden van Forestga, eronlik Parham Maqsudlu chexiyalik David Navaraga imkoniyatni boy berdi.

Bugun 2-turda Nodirbek Abdusattorov Parham Maqsudluga, Nodirbek Yakubboev esa Gukesh Dommaradjuga qarshi qora donalarda bahs olib boradi.

Fikrlar