So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

27 fev 08:17
Yangiliklar

SHaxmat

Prague Masters. Nodirbeklar qo'shhokim, Yakubboev amaldagi toj sohibi Gukesh bilan o'ynadi

CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turnirida ikkinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida muvaffaqiyatli odimlamoqda. Har ikki shaxmatchimiz birinchi turda g'alabaga erishgandi.  

Kecha o'tkazilgan ikkinchi turda grossmeysterlarimiz nomdor raqiblariga qarshi qora donalarda harakat qilishdi va yakunda durangga imzo chekishdi. Nodirbek Abdusattorov eronlik Parham Maqsudlu bilan murosaga keldi. Nodirbek Yakubboev esa amaldagi jahon toji sohibi, hindistonlik Gukesh Dommaradju bilan durang qayd etdi. 

Prague Masters 2-turida ispaniyalik Devid Anton niderlandiyalik Yorden van Forestni, 1-turda Abdusattorovga yutqazgan hindistonlik Aravindh CHitambaram esa amerikalik Hans Mok Niemannni mag'lubiyatga uchratdi. Qolgan partiyalarda tomonla murosaga kelishdi. 

Ikkinchi turdan so'ng turnir jadvalida Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboev va chexiyalik David Navara 1,5 ochkodan jamg'arib, peshqadamlik qilishyapti. Ikki Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etgan. 

Bugun 3-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda germaniyalik Vinsent Keymerga, Nodirbek Yakubboev esa amerikalik Hans Mok Niemannga qarshi o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing