So’nggi yangiliklar

19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0

02 fev 11:27
Yangiliklar

Tennis

Prevyu. Jokovich va Tim o'rtasidagi Australian Open finali oldidan

Bugun "Ulkan toj" turkumidagi Avstraliya Ochiq chempionatining final uchrashuvi o'tkaziladi.

Unda serbiyalik Novak Jokovich va avstriyalik Dominik Tim to'qnash keladi. 

Novak Jokovich bugun Avstraliya kortlaridagi sakkizinchi g'alabasiga erishishi mumkin. Avstraliya kortlari uning o'yin uslubiga moslashtirilib qurilganday go'yo. Serb ushbu musobaqada olti uchrashuvda raqiblariga bitta set yutqazgan xolos. Qolgan barcha  uchrashuvlarda Novak raqiblariga xech qanday imkoniyat qoldirmadi, hattoki "Maestro" Rojer Federer ham yarim finalda 3:0 hisobida taslim etildi. Bugungi o'yinda Jokovich mos ravishda favorit hisoblanadi. 


Dominik Tim gruntda Rafael Nadalning "merosxo'ri" sifatida qayd etilmoqda. Bunga etarlicha sabablar bor. So'ngi ikki mavsum Tim "Rollan Garros" musobaqasi finalida o'ynadi, ammo xar safar mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Bu Tim uchun "Katta Dubulg'a" musobaqalari finalidagi uchinchi imkoniyat hisoblanadi va osonlikcha taslim bo'lmasligi aniq. Yana shuni takidlab o'tish lozimki, Dominik TOP 3 va o'sib kelayotgan "NEXT GEN" avlodi ichidagi vakil hisoblanadi. SHu omillarni hisobga olgan xolda Timni bir marta "Katta Dubulg'a" musobaqalari g'olibligiga munosib deb hisoblasak arziydi menimcha.

Bungacha tennischilar 10 marotaba to'qnash kelishgan va ularning 6 tasida Jokovich g'alaba qozongan. 4 marta Timning qo'li baland kelgan.

Nima bo'lganda xam bugun bizni xaqiqiy anshlag kutib turibdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da boshlanadi. 

Husniddin Mirzaliev


Tennis olamidagi eng so'nggi yangiliklarni TENNIS YANGILIKLARI telegram kanali orqali kuzatib boring.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing