So’nggi yangiliklar

18:43Жон Жонс Том Аспиналл ва Ган ўртасидаги жанг ҳақида гапирди 0 18:22Мераб Двалишвили: "Яннинг энг катта хатоси – у мени ҳурмат қилмагани" 0 18:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон 0 17:39Тожикистон ва КХДР Asian Boxing сафига ўтди 0 17:17UFC жангчиси шу йилнинг ўзида олтинчи марта ҳибсга олинди 0 16:54Асадбек Саидов Octagon 80 турниридаги иштироки орқали бонусга лойиқ кўрилди 0 16:29Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди 0 16:08Доғистонда Ислам Махачев номли кўча пайдо бўлди 0 15:47Достон Бозоров визани қўлга киритди (ФОТО) 0 15:26"Ҳумо" қайтяпти: жамоа Ўзбекистон очиқ чемпионатида иштирок этишини тасдиқлади. Бугун илк ўйин! 0 15:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди + ФОТО 0 14:44PFL Лигаси Гран-При форматини бекор қилди 0 14:23Шаббона Абдувалиева "Катта Дубулға" турнирига йўлланма қўлга киритди 0 14:02Юнон-рум кураши бўйича катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионати якунланди, "легионеримиз" икки карра мамлакат чемпионига айланди (Ғолиб ва совриндорлар рўйхати) 0 13:41ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди 0

23 noy 13:54
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. Bugun 3-turda o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida nufuzli xalqaro musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Prezident Kubogi musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishyapti. Bugun turnirda 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Kuchlilar jam bo'lgan A guruhining birinchi doskasida Nodirbek Abdusattorov (2777) qora donalarda yana bir istedodli grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2501)ga qarshi bahs olib boradi. Har ikki shaxmatchi ham dastlabki ikki turda g'alabaga erishgan. 

Ikki g'alabaga ega Javohir Sindarov (2682) oq donalarda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Mixail Nikitenko (2490) bilan hisob-kitob qiladi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi Parham Maqsudlu (Eron, 2712)ni mag'lub eta olgan yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matov (2419) esa 3-turda hindistonlik Pranesh (2580) bilan to'qnash keladi. 

Jami 13 nafar shaxmatchi 3-tur oldidan yuz foizlik natijaga erishib turibdi. Ularning 5 nafari hamyurtlarimiz hisoblanadi. Ikki g'alabaga erishgan Ulug'bek Tillaev (2303) bugun 1,5 ochkoga ega bo'lib turgan grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2681)ga qarshi qora donalarda o'ynaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing