So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

11 dek 09:17
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogi. Ikki grossmeysterimiz Top-3`da. SHaxmatchilarimiz 7-turda qanday natija qayd etishdi?

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli Prezident kubogi davom etmoqda.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan grossmeysterlar bosh sovrin uchun bahs olib borishyapti. Hindistonlik Nihal Sarin (2701) turnirda birinchi raqam ostida saralangan. U kecha o'tkazilgan 7-turda eronlik grossmeyster Danishvar Bardiyani mag'lubiyatga uchratib, turnir jadvalida 5 ochko yana peshqadam bo'lib oldi. Nihalni 6-turda mag'lub etib, katta shov-shuv ko'targan Muhiddin Madaminov (2552) bu safar qora donalarda germaniyalik Frederik Sven (2653)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

O'ziga xos o'zbek derbisida SHamsiddin Vohidov oq donalarda o'ynaganiga qaramay, kutilmaganda Abdimalik Abdisalimovga yutqazib qo'ydi. Buning ortida peshqadamlikni Nihal Saringa topshirdi. Abdisalimov turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Ettinchi turda rossiyalik Aleksandr Grishuk ukrainalik Yuriy Kuzubovni taslim etdi. Franciyalik Maksim Lagarde va armanistonlik SHant Sargsyan partiyasida durang natija qayd etildi. 

Bugun 8-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Soat 15:00`da boshlanadigan turning markaziy uchrashuvi SHamsiddin Vohidov va Nihal Sarin o'rtasida bo'lib o'tadi. Agar Vohidov bugun g'alaba qozona olsa, chempionlik sari juda katta qadam tashlaydi. Muhiddin Madaminov Maksim Lagardega, Abdimalik Abdisalimov Aleksandr Grishukka qarshi bahs olib boradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing