So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

08 dek 10:20
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogida ikki shaxmatchimiz qo'shhokim bo'lib oldi

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli Prezident kubogi bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan grossmeysterlar bosh sovrin uchun bahs olib borishyapti. Hindistonlik Nihal Sarin (2701) turnirda birinchi raqam ostida saralan. U kecha o'tkazilgan 4-turda rossiyalik Aleksandr Grishuk bilan durang o'ynadi. Bu turda birgina Yuriy Kuzubov g'alabaga erishdi. Ukrainalik grossmeyster germaniyalik Frederik Svenni mag'lubiyatga uchratdi.

To'rtinchi turning qolgan barcha partiyalarida tomonlar murosaga kelishdi. Musobaqada beshinchi raqam ostida saralangan hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov (2641) reytingda o'zidan yuqorida borayotgan armanistonlik SHant Sargsyan bilan murosaga keldi. Grossmeysterimiz Abdimalik Abdisalimov (2561) ham o'zidan yuqorida turgan franciyalik Maksim Lagarde (2608 ) bilan durang natija qayd etdi. Yana bir yosh grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2552) eronlik raqibi Daneshvar Bardiya (2600) bilan durang o'ynadi. 

Prezident Kubogining 4-turidan keyin SHamsiddin Vohidov, Muhiddin Madaminov va Nihal Sarin 3 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Qo'shimcha koeficentlarga ko'ra SHamsiddin hamda Muhiddin birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etgan. 

Bugun 5-turda o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Ikki peshqadam SHamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov o'zaro to'qnash keladi. SHamsiddin bugun oq donalarda o'ynaydi.  Abdimalik Abdisalimov esa Daneshvar Bardiyaga qarshi qora donalarda bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing