So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

09 dek 12:00
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogida peshqadam o'zgardi, o'zbek derbisida murosayu madora

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli Prezident kubogi bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan grossmeysterlar bosh sovrin uchun bahs olib borishyapti. Hindistonlik Nihal Sarin (2701) turnirda birinchi raqam ostida saralangan. U kecha o'tkazilgan 5-turda armanistonlik SHant Sargsyanni mag'lubiyatga uchratdi va turnir jadvalida 4 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi. 

Bunga yosh grossmeysterlarimiz SHamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminovning o'zaro durang o'ynagani sabab bo'ldi. Tur oldidan bu ikki shaxmatchimiz 3 ochkodan jamg'arib, musobaqada peshqadamlik qilishayotgandi. Ular kuchli uchlikda qolishdi. To'rtinchi o'rindagi Daneshvar Bardiya hisobida 3 ochko bor. Eronlik grossmeyster 5-turda oq donalarda yana bir shaxmatchimiz Abdimalik Abdisalimov bilan durang o'ynadi. 

Beshinchi turda germaniyalik Frederik Sven rossiyalik Aleksandr Grishukni, franciyalik Maksim Lagarde ukrainalik Yuriy Kuzubovni mag'lubiyatga uchratdi. Bugun 6-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Soat 15:00`da boshlanadigan turda Muhiddin Madaminov qora donalarda peshqadam Nihal Saringa qarshi bahs olib boradi. SHamsiddin Vohidov qora donalarda Daneshvar Bardiya bilan hisob-kitob qiladi. Abdimalik Abdisalimov esa Yuriy Kuzubovga qarshi dona suradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing