So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

06 dek 12:18
Yangiliklar

SHaxmat

Prezident Kubogining 2-tur barcha partiyalari bir xil natija bilan yakunlandi

Toshkentda mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli Prezident kubogi davom etmoqda.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan grossmeysterlar bosh sovrin uchun bahs olib borishyapti. Hindistonlik Nihal Sarin (2701) turnirda birinchi raqam ostida saralangan bo'lib, u 1-turda germaniyalik Frederik Svenni mag'lubiyatga uchratgandi.

Musobaqada beshinchi raqam ostida saralangan hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov (2641) ham o'z ishtirokini g'alaba bilan boshlab olgandi. Grossmeysterimiz franciyalik Maksim Lagarde (2608 )ni oq donalarda taslim etgan edi. 

Yana bir yosh grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2552) ham ilk turda zafar quchgandi. U blic bo'yicha uch karra jahon chempioni, turnirning uchinchi saralangan shaxmatchisi, rossiyalik Aleksandr Grishukdan ustun kelgandi. Grossmeysterimiz Abdimalik Abdisalimov (2561) esa ikkinchi saralangan ishtirokchi, armanistonlik SHant Sargsyan (2665)ga imkoniyatni boy bergan edi. 

Prezident Kubogining 2-tur barcha uchrashuvlari durang natija bilan yakunlandi. SHamsiddin Vohidov qora donalarda ukrainalik grossmeyster Yuriy Kuzubov, Muhiddin Madaminov qora donalarda SHant Sargsyan, Abdimalik Abdisalimov esa oq donalarda Frederik Sven bilan murosaga keldi. 

Uchinchi tur oldidan turnir jadvalida SHant Sargsyan, Muhiddin Madaminov, SHamsiddin Vohidov, Nihal Sarin va eronlik Daneshvar Bardiya 1,5 ochkodan jamg'arib, peshqadamlik qilishyapti. Qolgan barcha ishtirokchilar hisobida 0,5 ochkodan bor. 

Bugun 3-turda o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Muhiddin Madaminov oq donalarda Abdimalik Abdisalimovga qarshi dona suradi. SHamsiddin Vohidov esa blic bo'yicha uch karra jahon chempioni Aleksandr Grishuk bilan o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing