25 jan 15:20
Yangiliklar
Futbol

Prezident Ronalduga topshirilgan davlat mukofotlari olib qo'yilishi mumkinligi haqida gapirdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq to'lamaslik borasidagi ayblovlar tufayli Portugaliya hukumati tomonidan topshirilgan davlat mukofotlaridan ayrilishi mumkin.
Bu haqida Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Souza malum qildi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi Evro-2016dagi g'alabasidan so'ng Katta xoch ordeni bilan mukofotlangan edi. Bundan tashqari, unga Madeyra oroli oldidagi xizmatlari uchun medal topshirilgan.
"Qonun oddiy: Ordenlar bilan shug'ullanadigan kancler Ronaldu borasida qaror chiqarishi kerak" - deydi di Souza.
Ronaldu 18,8 mln. evro miqdorida jarima to'laydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar