08 fev 17:32
Yangiliklar
Boshqalar, Osiyo o'yinlari
Prezident Toshkentda barpo etiladigan Olimpiya shaharchasi loyihasi bilan tanishdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2025 yil Toshkentda bo'lib o'tadigan IV yoshlar Osiyo o'yinlari munosabati bilan quriladigan Olimpiya shaharchasining loyihasi bilan tanishdi.
Malum qilinishicha, shaharcha poytaxtimizning Yashnobod tumanida 160 gektar maydonda qad rostlaydi. Unda barcha zamonaviy infrastruktura, universal stadion, ochiq va yopiq ko'rinishdagi sport komplekslari, turar joylar, mehmonxonalar, CHirchiq daryosi bo'yida eshkak eshish kompleksi barpo etiladi. Taqdimot davomida Prezident SHavkat Mirziyoev Olimpiya universitetini barpo etish bo'yicha alohida topshiriq berdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar