So’nggi yangiliklar

17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0 11:36UFC 331 турнирининг санаси, манзили, асосий жанги очиқланди 0 11:01"Тож ҳеч қачон тушмайди". Роналдунинг опаси — ҳужумчининг Португалия терма жамоасидан кетиши ҳақида 0 10:33Йен Гэрри: "Махачевни ўз қуроли билан енгаман" 0

13 mar 10:22
Yangiliklar

Futbol

PRO-ligada qaysi klublar ishtirok etishi aniq bo'ldi

PFL majlislar zalida Pro liga va PFL Kubogi musobaqasida qatnashadigan jamoalar rasmiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Bu haqda "Bunyodkor" klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Avval aytilganidek, bu yildan Pro liga ikki guruhga ajratiladi. «A» guruhi ishtirokchilari Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Tabiiyki, bu guruhda qatnashadigan jamoalarga talablar yuqori bo'ladi. «B» guruh ishtirokchilariga esa, minimum talablar qo'yilgan.

PFL bir jamoaga Pro liga «A» guruhiga imtiyozli yo'llanma taqdim qilish maqsadida bu yildan PFL Kubogini o'tkazadi. Musobaqada g'olib chiqqan klub «A» guruhi ishtirokchilariga qo'yilgan talablarni bajarmasada, 2019 yilgi mavsumni Pro liga «A» guruhida o'tkazadi.

Pro liga «B» guruhida esa, PFLning minimum talablarini bajargan hamda PFL Kubogida ishtirok etgan klublar (chempiondan tashqari) qatnashadi.

Quyida barcha musobaqa ishtirokchilari va formati bilan tanishtiramiz.

Pro liga «A» guruhi ishtirokchilari, jami 8ta: «Mashal», «Neftchi», «SHo'rtan», «Istiqlol», «SHerdor», «Xorazm», «Orol» va PFL Kubogi g'olibi.

«A» guruhi jamoalari 4 davrali, uy-safar tizimida Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.

PFL Kubogi. Ishtirokchilar soni 8ta: «Lokomotiv-BFK», «G'ijduvon», «Zomin», «Iftixor», «Oq-tepa», «Yangier». «Bunyodkor-2» va «Rubin» konkursdan tashqari. Yani, bu ikki klubning har qanday natijasi inobatga olinmaydi. G'olib Pro liga «A» guruhi yo'llanmani qo'lga kiritadi. Qolgan 7 jamoa «B» guruhiga yo'l oladi. O'yinlar olimpiya tizimida o'tkaziladi.

Pro liga «B» guruhi ishtirokchilari, jami 14ta: 
«Andijon-2», «Rash-Milk», «Zarbuloq», «Ittifoq-Navoiy», «R.Madaminov», «Turon». «Zarangar» va «Ittifoq-Buxoro» o'zaro pley-off o'yinini o'tkazadi. G'olib «B» guruhdan joy oladi. Yana 7 jamoa PFL Kubogi ishtirokchilari bo'ladi.

«B» guruhi jamoalari 2 davrali, uy-safar tizimida maydonga tushishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing