31 okt 11:45
Yangiliklar

Prof ringda beshta jang o'tkazgan Aloyan yana Olimpiadaga bormoqchi
Rossiyalik bokschi Mixail Aloyan Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Riodagi Olimpiya o'yinlari finalida o'zbekistonlik bokschi SHahobiddin Zoirovga imkoniyatni boy bergan bokschi bungacha professional boksda beshta jang o'tkazishga ham ulgurdi.
"Biroz tanaffus qilamiz. Keyin esa Olimpiadaga qanday yo'l bilan borish haqida o'ylaymiz. Oldinda jahon chempionati, musobaqalar va yarim havaskorlar o'rtasidagi turnirlar bor. Balki ushbu musobaqalar orqali Olimpiadaga yo'llanmani olarman", - dedi Aloyan.
Havola :
Manba : sport-express.ru
Fikrlar