25 iyu 07:11
Yangiliklar

PSJ 13-bor Franciya kubogini qo'lga kiritdi
Uchrashuv taqdirini Neymar tomonidan 14-daqiqada urilgan yagona gol hal qildi. Bu bilan parijliklar o'z tarixlarida 13-bor Franciya kubogi sohibiga aylanishdi. "Sent-Eten" himoyachisi Perrenning 31-daqiqada maydondan chetlatilishi ham parijliklarga qo'l keldi.
Malumot uchun, bu natija musobaqaning mutloq rekordi hisoblanadi. PSJ klubining eng yaqin taqibchisi bo'lib turgan "Marsel" 10 marta Franciya kubogini qo'lga kiritgan.
PSJ – Sent-Eten 1:0
"Stad de Frans"
Gol: 1:0 – 14 Neymar.
PSJ – Navas, Kerer (Dagba, 20), Markinos, Tiago Silva, Bakker, Guye, Di Mariya, Paredes (Verratti, 75), Ikardi, Mbappe (Sarabiya, 33), Neymar.
Sent-Eten – Mulen, Kolodzeychak, Perren, Debyushi (Krasso, 83), Mason (Mukudi, 34), Mvila, Kamara (Neu Nupa, 46), Budebuz (Norden, 75), Buanga, Amuma (Xazri, 46), Fofana.
Ogohlantirishlar: Mason (2), Bakker (29), Paredes (29), Amuma (29), Mulen (29), Verratti (31), Markinos (35), Kamara (37), Mvila (51), Fofana (90).
CHetlatish: Perren (31).
Fikrlar