04 fev 10:56
Yangiliklar

PSJ 23-turga kelib ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi
Salkam 58 000 muxlis ko'z o'ngida o'tgan o'yindagi hisobni mehmonlar ochgan bo'lishlariga qaramay, yakunda g'alabani tantana qilish "Lion" futbolchilariga nasib etdi. Di Mariyaning goliga Dembele va Fekir javob qaytarishdi. PSJ chempionatdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Lion – PSJ 2:1
"Stad de Lion" stadioni
Gollar: 0:1 – 7 Di Mariya, 1:1 – 33 Dembele, 2:1 – 49, penalti Fekir.
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Mendi, Dyubua, Denayer, Traore (Korne, 76), Ndombele, Fekir, Auar (Tuzar, 65), Depay, Dembele.
PSJ – Areola, Kerer, Tiago Silva, Kimpembe (Paredes, 79), Markinos, Di Mariya, Draksler, Dani Alves, Bernat (Diabi, 86), Mbappe, Kavani (SHupo-Moting, 79).
Ogohlantirish: Kimpembe (27).
Fikrlar