25 iyu 08:54
Yangiliklar
Futbol
PSJ "Barselona"ning taklifiga rozi bo'lmadimi?
PSJ hujumchisi Neymar ushbu yozda "Barselona"ga o'tmaydigan ko'rinadi.
Parijliklar o'z futbolchisi uchun yagona taklifni "Barselona"dan qabul qilib olgan. Unda kataloniyaliklar Neymarning 40 million evro hamda Filippe Koutino va Ivan Rakitichga almashishni taklif qilishgan, deb xabar beradi "Mundo Deportivo". Ammo PSJ uchun Ivan Rakitichning keragi yo'q, klubga esa birinchi navbatda pullar kerak.
Oldinroq PSJ "Real" tomonidan Garet Beylni Neymarga almashish borasidagi taklifiga rad javobini bergandi. SHuningdek, PSJ sport direktori Leonardo hujumchi Neymarning jamoadan ketishi ehtimoli juda past ekanligini aytgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar