10 mar 13:33
Yangiliklar
Futbol

PSJ "Borussiya"ga qarshi o'yinda muxlislarning bo'lmasligi sabab 10 mln evrogacha zarar ko'radi
PSJning CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Borussiya" (Dortmund)ga qarshi bahsda muxlislarning bo'lmasligi klubga zarar olib keladi.
Parij klubi 10 million evrogacha mablag'dan quruq qolishi mumkin. Bu pulga chiptalardan tushgan pullar va arena hududidagi muassasalarning foydasi kiradi. Klub shu bilan birga xavfsizlik xizmati va xodimlarning ishlari uchun to'lovlarni o'z zimmasiga oladi.
Oldinroq, Parijda bo'lib o'tadigan PSJ - "Borussiya" o'yini bo'sh tribunalar ostida o'tishi aniq bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Borussiya" ilk o'yinda o'z maydonida 2:1 hisobida g'alaba qozongan.
Havola :
Fikrlar