03 jan 09:01
Yangiliklar
Futbol
PSJ "CHelsi"ning ijaradagi o'yinchisi uchun 60 million evro to'lashga tayyor
Franciyaning PSJ klubi kelasi yozda "Kristal Pelas"da ijara asosida o'ynayotgan "CHelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxerni sotib olishga harakat qiladi.
Yosh yarim himoyachining transferi uchun parijliklar 60 million evro to'lashga tayyor. Qayd etilishicha, Gallaxerning transferiga PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning shaxsan o'zi qiziqmoqda.
Gallaxer joriy mavsumda "Kristal Pelas" safida Premer-ligada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Oldinroq ingliz OAVlari kelasi mavsumda futbolchining "CHelsi"ga qaytishi va tarkibdagi o'rin uchun kurashish niyatida ekani haqida xabar bergandi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar