28 okt 07:31
Yangiliklar
“PSJ” dan yirik g'alaba, Kavanidan esa dubl
Diskvalifikaciyaga uchragan Neymarsiz harakat qilgan parijliklar “Nicca”ga qarshi bahsda 3-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Di Mariyaning jarimadan uzatib bergan to'pini Kavani raqib himoyachilaridan chaqqonroq harakat qilib to'rga yo'lladi. 31-daqiqada Kavani dublga erishdi.
52-daqiqaga kelib hisob yiriklashdi. Bu gal qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Kavani boshi bilan sheriklari tomon uzatdi. To'p esa “Nicca” himoyachisi Dantening oyoqlariga tegib, darvozaga yo'l oldi -3:0.
Ushbu g'alabadan keyin parijliklarning ochkolari soni 29 taga etdi va ular chempionat turnir jadvalini ishonch bilan boshqarishmoqda. “Nicca” hisobida 10 ochko bor. Balotelli jamoadoshlari 14-pog'onani egallab turishibdi.
Franciya chempionati. 11- tur
PSJ – Nicca 3:0
Goly: 1:0 – 3 Kavani, 2:0 – 31 Kavani, 3:0 – 52, avtogol Dante.
PSJ – Areolya, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti, Rabo (Lo CHelso, 66), Draksler, Di Mariya, Mbappe (Pastore, 80), Kavani (Lukas Moura, 85).
Nicca – Benites, Dante, Le Marshan, Byurne, Marlon, Sneyder, Lusamba, Mendi (Tamez, 66), Le-Melu (Sent-Maksimen, 78), Jalle, Balotelli (Plea, 72).
Fikrlar