02 okt 08:15
Yangiliklar
Futbol

PSJ hujumchisi Kavanining dubli “Bordo”ni tiz cho'ktirdi
Franciya chempionatining 8-turida poytaxtning PSJ klubi o'z maydonida “Bordo” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning ustunligida o'tdi va hisob ham shunga yarasha bo'ldi. Amaldagi chempion “Bordo”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Har ikkala gol Edinson Kavani hisobiga yozildi.
Franciya chempionati. 8-tur
PSJ – BORDO 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 3 Kavani, 2:0 – 30 Kavani.
PSJ – Areolya, Markinos, Kurzava, Mene, Tiago Silva, Matyuidi, Motta, Lukas Moura (Ben-Arfa, 79), Verratti (Rabo, 73), Di Mariya (Ikone, 88), Kavani.
“Bordo” – Karrasso, Pallua, Kontento, Sabali, Levchuk, Plashil (Una, 57), Sertich, Malkom (Ture, 74), Tulalan, Menez (Labord, 82), Rolan.
Ogohlantirishlar: Mene (51), Pallua (87).
Havola :
Fikrlar