30 avg 08:47
Yangiliklar
Futbol

PSJ ishonchli g'alabaga erishdi, Mbappedan dubl, Messidan debyut!
Franciya chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Reyms" - PSJ uchrashuvida parijliklar ishonchli g'alabani tantana qilishdi.
Ushbu uchrashuvda Lionel Messi o'zining yangi klubidagi debyutini nishonladi. Killian Mbappe dublga erishdi. Aynan mana shu ikki gol parijliklarga safar o'yinidagi uch ochkoni taqdim etdi.
Reyms – PSJ 0:2 (0:1)
«Ogyust Delon» stadioni
Gollar: Mbappe 16', 64'
Reyms – Raykovich, Foke, Abdelxamid, Fas, Graviyon, Kassama (Loko, 46), Muneci, Lopi (Van Bergen, 71), Kebbal (Flips, 76), Ture (Ekitik, 82), Mbuku (Berisha, 46).
PSJ – Navas, Xakimi, Markinos, Kerer, Diallo (Kimpembe, 75), Veynaldum (Errera, 66), Guye, Verratti (Paredes, 75), Di Mariya (Draksler, 81), Neymar (Messi, 66), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Verratti (44), Diallo (55), Ekitik (84), Paredes (87).
Havola :
Fikrlar