14 avg 13:52
Yangiliklar
Futbol
PSJ jahon chempioni bilan shartnomani 5 yilga uzaytirdi
Franciya terma jamoasi himoyachisi Presnel Kimpembe PSJ bilan yangi uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi.
“Pari Sen-Jermen” klubi rahbariyati markaziy himoyachi 23 yoshli Kimpembe bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Kimpembe PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanib, asosiy tarkibdagi debyut o'yinini 2014 yilning oktyabr oyida o'tkazgan edi.
O'tgan davr mobaynida u parijliklar safida jami 76ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu o'yinlarda u 17ta sariq va 2ta qizil kartochka bilan jazolandi. Yaqinda terma jamoa tarkibida jahon chempioni bo'lgan Presnel PSJ bilan ikki marotaba Franciya chempioni va Superkubogi sohibi, uch bor mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar