07 apr 08:20
Yangiliklar
Futbol
“PSJ” kamchilikda o'ynashiga qaramay so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
Franciya chempionatining 32-turida “PSJ” safarda “Sent-Eten” bilan durangga erisha oldi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Remi Kabella mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'limning o'zida xavbek “dubl” qayd etishi mumkin edi. Ammo u penaltini amalga oshira olmadi. Tanaffusga qadar parijliklar bir kishi kam bo'lib qolishdi: Presnel Kimpembe ikkinchi bor ogohlantirilib, maydonni tark etdi.
Uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqasida mezbonlar himoyachisi Matyo Debyushi o'z darvozasini ishg'ol etib, parijliklarni muqarrar mag'lubiyatdan saqlab qoldi - 1:1.
Havola :
Fikrlar