30 iyu 10:38
Yangiliklar
Futbol

PSJ Kurzava bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirdi
PSJ rasmiy sayti jamoa himoyachisi Leyvin Kurzava bilan shartnoma uzaytirilganligini malum qildi.
27 yoshli futbolchinng Parij klubi bilan yangi shartnomasi 2024 yilga qadar amalda bo'ladi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan ilgari nihoyasiga etgan Franciya chempionati joriy mavsumida Kurzava jamoasi safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, 2019/2020 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, PSJ Franciya chempioni deya elon qilindi. Himoyachi 2015 yildan buyon parijliklar safida to'p tepib kelmoqda. U o'shanda 20 million evro evaziga “Monako”dan PSJga ko'chib o'tgandi.
Ilgariroq futbolchining xizmatlariga “Barselona”, “Liverpul”, “Yuventus” va boshqa bir qator klublar qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Havola :
Fikrlar