14 iyu 09:50
Yangiliklar
Futbol

PSJ Messi uchun bo'layotgan poygadan chiqdi
Argentinalik hujumchi Lionel Messi PSJga o'tmaydigan bo'ldi.
Manbaning xabar berishicha, parijliklar ikki haftadan beri erkin agent hisoblangan 34 yoshli futbolchini qo'lga kiritish istagidan qaytdi.
Aytishlaricha, forvard "Barselona" bilan yangi shartnoma tuzadi. Messi "Barsa" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003 yilning noyabrida asosiy jamoada debyut qilgan. SHu paytgacha 778 o'yinda 672 ta gol urgan, 305 ta golli uzatma qayd etgan va 35 ta sovrin yutgan.
Havola :
Fikrlar