16 apr 08:57
Yangiliklar
Futbol
"PSJ" “Monako”ni "sochib" tashladi va 7-bor Franciya chempioniga aylandi
Franciya chempionatining 32-tur markaziy uchrashuvi "PSJ" hamda “Monako” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.
Uchrashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi. To'g'ri, parijliklarning g'alabasi kutilgan edi, lekin bunday hisob bilan emas. PSJ yirik 7:1 hisobida g'alaba qozonish barobarida yana bir bor Franciya chempioniga aylandi.
PSJ — “Monako” 7:1
Gollar: 1:0 – 14 Lo CHelso, 2:0 – 17 Kavani, 3:0 – 20 Di Mariya, 4:0 – 27 Lo CHelso, 4:1 – 38 Lopesh, 5:1 – 58 Di Mariya, 6:1 – 76, avtogol Falkao, 7:1 – 86 Draksler.
PSJ: Areolya, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Markinos, Rabo (Diarra, 65), Lo CHelso (Nkunku, 80), Pastore, Draksler, Di Mariya (Mene, 75), Kavani.
“Monako”: Subashich, Jemerson, Raji, Jorje, Sidibe (Gezzal, 34), Lemar, Fabino, Lopesh (Diakabi, 75), Moutinyu, Ture, Falkao (Tilemans, 82).
Havola :
Fikrlar