04 dek 09:45
Yangiliklar
Futbol

PSJ “Monpele”ga yirik hisobda yutqazdi va 3-o'ringa tushib ketdi
Franciya chempionatining 16-turida PSJ klubi kutilmaganda yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
Amaldagi Franciya chempionlari safarda “Monpele” jamoasi mehmoni bo'lib, yirik 0:3 hisobidagi mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng parijliklar turnir jadvalida 3-o'ringa pastlashdi.
Franciya chempionati. 16-tur
MONPELE – PSJ 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 42 Lasn, 2:0 – 48 Skiri, 3:0 – 80 Budebuz.
“Monpele”: Pionne, Ilton (Mongongu, 86), Sen-Ryuf, Remi, Kongre, Sanson, Lasn, Skiri, Marvo, Budebuz, Mune (Kamara, 88).
PSJ: Areolya, Kurzava, Ore, Tiago Silva, Markinos, Di Mariya, Nkunku (Ben-Arfa, 58), Krixovyak, Matyuidi, Lukas Moura (Xese, 75), Kavani (Ogyusten, 81).
Ogohlantirishlar: Nkunku (18), Kavani (58).
Havola :
Fikrlar