27 iyu 08:30
Yangiliklar
Futbol
PSJ o'z safiga argentinalik pleymeykerni qo'shib oldi
Argentinalik 20 yoshli yarim himoyachi Jovani Lo CHelso faoliyatini Franciyaning “Pari-Sen Jermen” klubida davom ettiradi.
Argentinaning “Rozario Sentral” klubi futbolchisi Parij jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Kelishuvga binoan CHelso ilk mavsumni ijara asosida o'z klubi “Rozario Sentral”da o'tkazadi. SHundan keyin esa Franciya chempionlari safiga kelib qo'shiladi.
Malumotlarga ko'ra, PSJ rahbariyati Jovani uchun 10 mln evro to'ladi. Futbolchi o'zini ko'rsata olsa, Argentina klubi hisob raqamiga qo'shimcha tarzda yana 4 mln evro o'tkazib beriladi. O'tgan mavsumda Lo CHelso Argentina chempionatida 12ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol kiritgandi.
Havola :
Fikrlar