05 jan 17:10
Yangiliklar
Futbol
PSJ Ronalduga juda katta maosh taklif qilishi mumkin
PSJ "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq, portugaliyalik futbolchi uchta klubdan taklif olgani haqida elon qilingan edi. Malumotlarga ko'ra, ular orasida PSJ ham bor va Parij klubi forvardga yillik 60 mln. evro maosh taklif qilmoqda.
PSJ so'nggi vaqtda transferlar uchun katta mablag' sarflamoqda va klub moliyaviy feyr-pley qoidasini buzganlikda gumon qilinmoqda. SHunga qaramasdan, parijliklar rahbariyati Ronalduni qo'lga kiritish g'oyasidan voz kechmoqchi emas. Kelishuvga Franciya klubi forvardi Edinson Kavani ham qo'shilishi mumkin. Parijliklarning taxminiga ko'ra, homiylar Krishtianuning maoshini qoplashga yordam berishi mumkin.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar