01 may 08:15
Yangiliklar
“PSJ” safarda “Nicca”ga mag'lub bo'ldi
Uchrashuvning 26-daqiqasida Mario Balotelli hisobni ochdi. 48-daqiqada Rikarde Pereyra ikkinchi bor Trapp darvozasini aniq nishonga oldi. 64-daqiqada Markinos mehmonlarga umid bahsh etuvchi golni kiritdi.
O'yinning so'ngga daqiqalari ancha asabiy kechdi. Bosh hakam bir daqiqa ichida parijliklarning ikki nafar futbolchisi Motta va Di Mariyani maydondan chetlatdi. O'yinning so'nggi soniyalarida esa Donis uchinchi bor “PSJ” darvozasini ishg'ol etib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi -3:1.
Franciya chempionati. 35- tur
Nicca – PSJ 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 26 Balotelli, 2:0 – 48 Rikardu Pereyra, 2:1 – 64 Markinos, 3:1 – 90 Donis.
Nicca – Kardinal, Dante, Bess, Dalbert, Rikardu Pereyra, Belxanda, Kozello (Obbadi, 84), Esserik (Donis, 75), Seri, Suke, Balotelli (Le Bian, 78).
PSJ – Trapp, Tiago Silva, Maksvell (Mene, 46), Ore (Rabo, 65), Markinos, Matyuidi, Motta, Di Mariya, Verratti, Draksler (Lukas Moura, 78), Kavani.
Ogohlantirishlar: Dalbert (21), Seri (41), Mene (52), Draksler (59), Kavani (59).
CHetlatishlar: Motta (90), Di Mariya (90).
Fikrlar