04 avg 16:04
Yangiliklar
Futbol

PSJ Tiago Alkantara uchun kurashga qo'shildi
"Pari Sen-Jermen" "Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantarani nishonga oldi.
Ispaniyalik futbolchining Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi, shu sabab "Bavariya" o'yinchini keyinroq tekinga qo'yib yuborishdan ko'ra uning narxini tushiradi.
Qayd etish kerakki, Germaniya chempionlarini 30 million evro miqdoridagi mablag' qoniqtiradi. Tiago joriy mavsum "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi va 2 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar