11 iyu 12:49
Yangiliklar
Futbol
PSJ ushbu yoz 11 futbolchidan qutilmoqchi
Parijliklar tarkibda tozalash ishlarini olib borishni ko'zlamoqda.
PSJ transfer siyosati bilan ish olib boruvchi Anteru Enrike hamda Luish Kampush jamoani tark etishi kerak bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzishdi.
Undan 11 o'yinchi joy oldi: himoyachila – Leven Kurzava, Abdu Diallo, Tilo Kerer, xavbeklar – Leandro Paredes, Danilu Pereyra, Idrissa Guye, Ander Errera, Jorjino Veynaldum, Erik Ebimbe va Yulian Draksler, forvard – Mauro Ikardi.
Neymar va Presnel Kimpembe ularning safida yo'q, ammo mazkur futbolchilarning kelajagi bir qator faktorlarga bog'liq hisoblanadi.
Avvalroq, PSJ Peredes, Guye va Pereyrani transferga qo'ygani haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : Get French Football News
Fikrlar