01 noy 07:37
Yangiliklar
Futbol
“PSJ” va “Bavariya” pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Evropa CHempionlar ligasi 4-tur yakunlariga ko'ra “V” guruhi vakillari -“PSJ” va “Bavariya” muddatidan avval pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Parijliklar o'z maydonlarida “Anderlext”dan ustun kelishgan (5:0) bo'lsa, “Bavariya” safarda “Seltik”ni taslim (2:1) etdi. Ushbu turdagi g'alaba olmonlarga pley-off yo'llanmasini taqdim etdi.
Ayii paytda “Bavariya” o'z guruhida 9 ochko to'plagan, “Seltik” hisobida 3 ochko bor. Agar ochkolar teng kelgan taqdirda, o'zaro o'yinlarda “Bavariya” shotland klubini har ikki o'yinda mag'lub etgani bois ustunlik myunxenliklar tomonida bo'ldi.
Mazkur guruhda 12 ochko to'plagan “PSJ” futbolchilari ham muddatidan ilgari keyingi bosqich masalasini hal etishdi.
Havola :
Fikrlar