25 okt 10:32
Yangiliklar
Futbol
PSJ va Neymar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi
O'tgan yozda Neymar "Barselona"ga qaytishni istagandi, biroq PSJ bunga ko'nmagandi.
SHundan keyin klub braziliyalik bilan shartnomasini uzaytirish borasida harakat qildi. "Le Parisien" xabariga ko'ra, ayni damda PSJ va Neymar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan.
Tabiiyki, yozdagi transferlar oynasi ikki tomonga ham etarlicha hulosalarni chiqarib bergandi. SHu boisdan kelasi yozda Neymar sobiq jamoasiga qaytishi ehtimoli past emas. Neymar o'tgan oyda Braziliya termasi tarkibida jarohatlangandi. U yaqin vaqtlarda jarohati bois maydonga tushmaydi.
Havola :
Fikrlar